XI - XIX ASRLAR MADANIY-MA’RIFIY JARAYONI VA MILLIY JURNALISTIKA ILDIZLARI

Read full text
Authors: M. A. Jo‘rayeva
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada XI-XIX asrlar oralig‘ida Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekiston hududida kechgan madaniy-ma’rifiy jarayonlar tahlil qilingan. Unda o‘rta asr allomalari - Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Bobur, Ahmad Donish kabi mutafakkirlarning ilmiy, adabiy va ijtimoiy qarashlari asosida milliy jurnalistika tafakkurining shakllanish jarayoni yoritiladi. Shuningdek, Temuriylar davridagi adabiy uyg‘onish, ma’rifatchilik harakatining rivojlanishi va XIX asrda “Turkiston viloyatining gazeti” kabi nashrlarning paydo bo‘lishi milliy matbuot ildizlarining tarixiy asoslari sifatida tahlil qilinadi. Maqolada tarixiy bosqichlarning o‘zaro uzviyligi, madaniyat va ma’rifatning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, shuningdek, milliy jurnalistik fikrning ijtimoiy-ma’naviy ahamiyati ilmiy dalillar asosida yoritilgan

Fields of Study & Subjects

Media Journalism and Communication History Journalism and Media Studies Central Asia Education and Culture

Publication details

Journal / source
Oriental Art and Culture
Volume
7
Issue
01
Pages
179–182
Publication date
10 February 2026