QO‘SHALOQ IKAT TEXNIKASINING MURAKKABLIGI: GERINGSING (BALI) VA PATOLA (HINDISTON) TO‘QIMACHILIKDA GENDER MASALASI
Abstract
Ikat bugungi kunda "harakatdagi to‘qimachilik"dir. An’anaviy to‘qimachilikda double ikat (qo‘shaloq ikat) texnikasi eng murakkab va kam uchraydigan to‘qish usullaridan biri hisoblanadi. Ushbu texnika asosida yaratilgan Geringsing (Bali oroli, Tenganan Pegringsingan) va Patola (Hindiston, Gujarat) matolari jahon to‘qimachilik merosida alohida o‘rin tutadi. Mazkur maqolada Geringsing va Patola matolarining texnologik jarayoni, naqsh-kompozitsion tuzilishi hamda ularning marosimiy va ramziy ahamiyati qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida tarixiy-madaniy, ikonografik va texnologik tahlil metodlaridan foydalanildi. Olingan natijalar qo‘shaloq ikat an’anasining turli hududlarda shakllanishidagi umumiylik va farqlarni aniqlash imkonini beradi hamda mazkur matolarning XXI asr dizayn amaliyotidagi ahamiyatini ochib beradi.
Fields of Study & Subjects
Crafts
Textile
and Design
Fashion and Cultural Textiles
Textile materials and evaluations
Publication details
- Journal / source
- Oriental Art and Culture
- Volume
- 7
- Issue
- 01
- Pages
- 183–190
- Publication date
- 10 February 2026