TOG‘AY MUROD PROZASIDA KOMMUNIKATIV NIYAT VA NUTQ AKTLARI TAHLILI
Abstract
Mazkur ilmiy maqolada o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi Tog‘ay Murod prozasida kommunikativ niyat va nutq aktlarining pragmatik xususiyatlari chuqur ilmiy tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida yozuvchi asarlarida uchraydigan dialogik va monologik nutq shakllari, personajlarning nutqiy xatti-harakatlari hamda ularning maqsadga yo‘naltirilgan kommunikativ strategiyalari aniqlanadi. Nutq aktlari nazariyasi asosida illokutiv va perlokutiv aktlarning badiiy matndagi funksional ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, nutqiy birliklarning kontekst bilan o‘zaro aloqasi, diskurs doirasida yuzaga keladigan pragmatik ma’nolar ham tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari Tog‘ay Murod ijodining pragmatik qirralarini ochib berish bilan birga, badiiy matn pragmatikasi yo‘nalishida muhim ilmiy xulosalar chiqarishga xizmat qiladi.
Fields of Study & Subjects
Linguistics and Discourse Analysis
Language
Discourse
Communication Strategies
Linguistic research and analysis
Publication details
- Journal / source
- WORLD OF PHILOLOGY
- Volume
- 5
- Issue
- 01
- Pages
- 117–123
- Publication date
- 10 February 2026
- Language
- UZ