BALIQLAR ENDOPARAZITI CAMALLANUS TRUNCATUS (NEMATODA:CAMALLANIDAE) TURINING MORFOLOGIK TAVSIFI

Read full text
Authors: Soatov Bakhrom Baxtiyorovich, Kuchboyev Abduraxim Ergashevich, Nomonov Jalolidin Nosirxon o‘g‘li, Anvarova Nasiba Baxtiyor qizi
Cited by: 0

Abstract

Maqolada Oʻzbekistonning Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari suv havzalaridan tutilgan oq sla (Stizostedion lucioperca) baliqlarining ichaklarida aniqlangan Camallanus truncatus (Rudolphi, 1814) nematodasining morfologik va morfometrik xususiyatlari oʻrganildi. Parazitning urgʻochi va erkak individlari oʻrtasida aniq jinsiy dimorfizm kuzatildi, urgʻochilarining tana uzunligi oʻrtacha 8,0–12,0 mm (erkaklarda 4,7–7,0 mm), bukkal kapsula va qiziloʻngach oʻlchamlari ham urgʻochilarda sezilarli kattaroq, faqat erkaklarda quyruq uzunroq (200–210 μm). Ushbu farqlar turning aniqlashda muhim farqlovchi belgilar hisoblanadi va oldingi adabiyot maʼlumotlari bilan umumiy mos keladi

Fields of Study & Subjects

Parasite Biology and Host Interactions Fish Biology and Ecology Studies Helminth infection and control

Publication details

Journal / source
Qo‘qon DPI Ilmiy xabarlar jurnali
Volume
8
Issue
01
Pages
65–70
Publication date
16 February 2026
Language
UZ