OROL DENGIZI QURIGAN TUBIDA UCHROVCHI SALSOLA RICHTERI O‘SIMLIGI ILDIZI HAMDA ILDIZ ATROFIDAGI TUPROG‘IDA UCHROVCHI MIKROORGANIZMLARNI MALDI-TOF MS ASOSIDA IDENTIFIKATSIYASI

Read full text
Authors: Rakhmatullayev Islom, Murodova Sayyora Sobirovna, O‘ralov Abdumannon Iskandarovich
Cited by: 0

Abstract

Orol dengizi qurigan tubi ekstremal sho‘rlik va qurg‘oqchilik sharoitlari bilan ajralib turadi va bu hududda o‘suvchi o‘simliklarning rizosferasi ekstrimal muhitga adabtatsiya qilgan mikroorganizmlar bilan boy bo‘lishi mumkin. Ushbu tadqiqotda Orolbo‘yi hududida keng tarqalgan galofit o‘simlik —Salsola richteri ildizi va ildiz atrofidagi tuprog‘ida uchrovchi kultivirlanuvchi mikroorganizmlarni MALDI-TOF MS usuli asosida identifikatsiya qilish maqsad qilingan. Tuproq va ildiz namunalari klassik mikrobiologik usullar (bosqichli suyultirish) yordamida ajratilib, bir nechta mikroorganizmni sof kulturalari olindi. Ajratilgan izolyatlar morfologik, fiziologik hamda biokimyoviy tahlillaridan so‘ng MALDI-TOF MS tizimi orqali identifikatsiya qilindi. Natijalar rizosfera va ildiz bilan bog‘liq mikroorganizmlar tarkibida asosan Bacillus, Enterobacter oilalariga mansub bakteriyalar hamda Rhodococcus oilasiga mansub aktinomitsetlar ustunligini ko‘rsatdi. Ushbu mikroorganizmlar sho‘rlangan va qurg‘oqchil muhitga moslashgan bo‘lib, o‘simliklarning ekstremal sharoitda barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Olingan natijalar Oralbo‘yi hududida fitomelioratsiya va biotexnologik maqsadlar uchun istiqbolli mikroorganizmlarni tanlashda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi

Fields of Study & Subjects

Plant-Microbe Interactions and Immunity Microbial Community Ecology and Physiology Bacterial Identification and Susceptibility Testing

Publication details

Journal / source
Qo‘qon DPI Ilmiy xabarlar jurnali
Volume
8
Issue
01
Pages
130–140
Publication date
16 February 2026
Language
UZ