SUBTITR TARJIMASI TADQIQOTLARIDA KORPUSGA ASOSLANGAN YONDASHUVLAR: “O‘TKAN KUNLAR” FILMI MISOLIDA
Abstract
Ushbu maqolada o‘zbek badiiy filmlarining ingliz tiliga subtitr orqali tarjimasini o‘rganishda korpusga asoslangan yondashuvlarning imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot materiali sifatida 1969-yilda rejissyor Yo‘ldosh A’zamov tomonidan suratga olingan “O‘tkan kunlar” filmining o‘zbekcha subtitrlari hamda 2024-yilda SamDChTIda tayyorlangan inglizcha subtitr tarjimalari tanlandi. SubtitleEdit dasturi yordamida tayyorlangan subtitrlar AntConc dasturida parallel korpus sifatida tahlil qilindi. Tadqiqotda AntConc dasturining ko‘p qo‘llanilgan so‘zlar va so‘z birikmalari (“word list” va “concordance”) funksiyalaridan foydalanilib, belgilar (tokenlar) soni, so‘z qo‘llanilish chastotasi, olmoshlar va mustaqil so‘zlarning taqsimlanishi, shuningdek, milliy-madaniy birliklarning kontekstdagi tarjima yechimlari o‘rganildi. Natijalar inglizcha subtitr tarjimalarida tokenlar sonining ko‘pligi, ixchamlik tamoyilining to‘liq saqlanmaganligi hamda ayrim madaniy birliklarning tarjimasida semantik va pragmatik moslashuv muammolari mavjudligini ko‘rsatdi. Tadqiqot audiovizual tarjimani o‘rganishda korpusga asoslangan yondashuvlarning samaradorligini tasdiqlaydi
Fields of Study & Subjects
Translation Studies and Practices
Subtitles and Audiovisual Media
Language and Culture
Publication details
- Journal / source
- Qo‘qon DPI Ilmiy xabarlar jurnali
- Volume
- 8
- Issue
- 01
- Pages
- 237–249
- Publication date
- 16 February 2026