SHARQ VA G‘ARB AN’ANALARIDA DEMONOLOGIK VA ANGLOLOGIK TASAVVURLAR

Read full text
Authors: Kuchiboyev Mansur Abdumurotovich
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada Sharq va G‘arb madaniy-an’analarida demonologik va angelologik tasavvurlarning genezisi, tarixiy shakllanish bosqichlari hamda ularning mifologiya, diniy ta’limotlar va mumtoz adabiyotdagi badiiy-estetik talqini qiyosiy-tipologik metod asosida tahlil etiladi. Tadqiqotda demonologiya va angelologiya tushunchalarining ibtidoiy mifologik tafakkur doirasida vujudga kelishi, keyinchalik yirik diniy tizimlar — xristianlik va islom ta’limotlari ta’sirida nazariy va ramziy jihatdan takomillashuvi yoritilgan. Ingliz va o‘zbek mumtoz adabiyotida demonologik va angelologik obrazlarning (iblis, shayton, jin, dev, farishta, pari va boshqalar) badiiy funksiyalari, ularning axloqiy-falsafiy mazmuni hamda inson ruhiyati bilan bog‘liq talqin xususiyatlari ochib berilgan. Maqolada mazkur obrazlarning syujetni harakatlantiruvchi, ramziy ma’no yaratish, personaj ruhiy holatini chuqurlashtirish va o‘quvchining dunyoqarashiga ta’sir ko‘rsatishdagi roli ilmiy asoslangan holda ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari demonologiya va angelologiya tushunchalarining adabiy tafakkurdagi universalligi hamda ularning milliy-madaniy kontekstga moslashuv mexanizmlarini aniqlash imkonini beradi

Fields of Study & Subjects

Cultural and Mythological Studies Folklore Mythology and Literature Studies Comparative and World Literature

Publication details

Journal / source
Qo‘qon DPI Ilmiy xabarlar jurnali
Volume
8
Issue
01
Pages
268–275
Publication date
16 February 2026