TARJIMANI O'RGANISHGA FANLARARO YONDASHUV
Abstract
Mazkur maqolada tarjimani o‘rganishda fanlararo yondashuvning nazariy asoslari va uning shakllanish bosqichlari tahlil qilinadi. Tarjima nazariyasining dastlab tilshunoslik doirasida rivojlangani, ammo tarjimaning murakkab ijtimoiy, madaniy, psixologik va semiotik hodisa sifatida kengroq ilmiy yondashuvni talab etishi asoslab beriladi. A.D. Shveytser, Yu. Nayda, R. Yakobson, R.K. Minyar-Beloruchev kabi olimlarning ilmiy qarashlari orqali tarjima nazariyasining fanlararo aloqalari, uning mustaqil ilmiy fan sifatida shakllanish jarayoni yoritiladi. Maqolada fanlararo yondashuv va ilmiy fanning fanlararo maqomi o‘rtasidagi farq ochib berilib, tarjima nazariyasining obyekti va predmeti masalasi aniqlashtiriladi. Shuningdek, tillararo, intratil va intersemiotik tarjimalarning mavjudligi umumiy tarjima nazariyasini keng semiotik asosda ko‘rib chiqish zaruratini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari tarjima nazariyasini integrativ, tizimli va ko‘p o‘lchovli ilmiy yo‘nalish sifatida rivojlantirish muhimligini asoslaydi
Fields of Study & Subjects
Translation Studies and Practices
Semiotics and Representation Studies
Linguistic research and analysis
Publication details
- Journal / source
- Qo‘qon DPI Ilmiy xabarlar jurnali
- Volume
- 8
- Issue
- 01
- Pages
- 292–300
- Publication date
- 16 February 2026