QO‘NG‘IROT URUG‘I ETIMOLOGIYASIGA OID MULOHAZALAR TAHLILI

Read full text
Authors: Mirzayeva Moxichexra
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada qo‘ng‘irot urug‘ining tarixi va chinordek baquvvat ildizi haqida ma’lumotlar keltiriladi. Xalq og‘zaki ijodining namunasi bo‘lgan “Qo‘ng‘irot” dostonida bu urug‘ning vujudga kelishi va tarkibiy bo‘linishi xususida bir qancha fikrlar mavjud. Buyuk toponomist B.X.Karmishevaning qo‘ng‘irotlar haqida aytgan fikrlari aynan dostonda keltirilgan ma’lumotlarga yaqin, lekin Abulg‘oziy Bahodirxonning “Shajarayi turk” asarida qo‘ng‘irotlarni mo‘g‘ul qavmiga mansubligi ko‘rsatiladi. Yuqoridagi ma’lumotga yaqin fikrlar qozoq tarixchisi Tinishpaev izlanishlarida ham uchraydi. U moʻgʻul tarixchisi Sanen Sesen bergan maʼlumotlarga asoslanib, qoʻngʻirotlar Buyuk moʻgʻullarning koʻk moʻgʻul qabilasiga mansub boʻlganligini taʼkidlaydi. M.S.Mukanovning yozishicha, “Qo‘ng‘irot etnonimining turkiy muhitda mavjudligi bu qabilaning Markaziy Osiyo va Qozog‘iston xalqlari etnogenezisida kelib chiqishi mo‘g‘ul ekanligini tasdiqlamaydi. Tadqiqotchi G.R.Galdanovaning xulosasi ham yuqoridagi fikr bilan deyarli bir xil. Uning fikricha, xongodor etnonimi xungirat so‘zi bilan bog‘liq, so‘z tarkibidagi -rat, -dor ning o‘zgargan variantidir. A.Angarxayev ham mazkur mavzuda ma’lumot berar ekan, xon (xong) va arad kabi qismlardan hosil bo‘lgan xongarad (xongirad) so‘zi xongodordan kelib chiqqan, uning o‘zgarishga uchragan shakli deb yozadi. Yuqoridagi olimlarning fikrlaridan kelib chiqib, xongirad (xungirad) etnonimi buryat tilidagi xongodor etnonimi bilan bir xil degan fikr va xulosalar keltiriladi

Fields of Study & Subjects

Linguistics and Cultural Studies Eurasian Exchange Networks Cultural and Sociopolitical Studies

Publication details

Journal / source
Qo‘qon DPI Ilmiy xabarlar jurnali
Volume
8
Issue
01
Pages
332–340
Publication date
16 February 2026
Language
UZ