INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI TABRIK VA TILAKLARINING GENDER XUSUSIYATLARI: QIYOSIY PRAGMATIK TAHLIL
Abstract
Ushbu maqola ingliz va o‘zbek tillaridagi tabrik va tilaklarda namoyon bo‘ladigan genderga oid farqlarni M.Y. Strijneva va M.L. Nikolayevna kabi tadqiqotchilarning nazariy qarashlari hamda G. Xolmsning gender kommunikatsiyasi modeli asosida sotsiolingvistik va pragmatik tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqot gender tushunchasini jamiyat tomonidan shakllantiriladigan ijtimoiy konstrukt sifatida ko‘rib chiqadi, u nutqiy xatti-harakatlarni ijtimoiy kontekstga moslashtirish me’yorlarini belgilaydi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, ayollar nutqida emotsional iliqlik, samimiy duoviylik, diniy-madaniy qadriyatlar va g‘amxo‘rlik unsurlari ustunlik qiladi, bu G. Holmesning "birdamlik nutq uslubi" nazariyasiga mos keladi. Erkaklar nutqida esa mantiqiylik, qisqalik, kinoya, hazil va ijtimoiy statusni ifodalovchi leksik birliklar yetakchilik qiladi, bu esa mavqe, kuch va ijtimoiy ierarxiyani mustahkamlovchi modeldir. Ingliz tilida gender tafovutlar leksik va pragmatik darajada aniq namoyon bo‘lsa, o‘zbek tilida ular madaniy, diniy va ijtimoiy qadriyatlar bilan shartlangan holda namoyon bo‘lishi aniqlandi. Xulosa qilib aytganda, har ikkala til tizimida ham tabrik va tilak aktlari genderga xos kommunikativ strategiyalar orqali ifodalanadi
Fields of Study & Subjects
Gender Studies in Language
Linguistics and Language Analysis
Linguistic Variation and Morphology
Publication details
- Journal / source
- Qo‘qon DPI Ilmiy xabarlar jurnali
- Volume
- 8
- Issue
- 01
- Pages
- 341–346
- Publication date
- 16 February 2026