SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIM TEXNOLOGIYASINING 10-11-SINF O‘QUVCHILARINING INGLIZ TILI LEKSIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI
Abstract
Maqolada 10–11-sinf qoraqalpoq guruhlarida ingliz tili leksik kompetensiyasini rivojlantirishda kommunikativ-kognitiv va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarining samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda leksik birliklarni kontekst asosida tushunish, mental leksikani shakllantirish va o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini faollashtirish usullari ko‘rib chiqiladi. Pedagogik o‘yinlar, muammoli ma’ruzalar, case-study va miya hujumi kabi faol o‘qitish metodlari o‘quvchilarning kognitiv va kommunikativ imkoniyatlarini kengaytiradi, ona tili interferensiyasini kamaytiradi va leksik birliklarning uzoq muddatli xotiraga o‘tishini ta’minlaydi. Shuningdek, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv o‘quvchining individual xususiyatlarini hisobga olib, leksik materialni mustaqil kashf etish, ma’no yaratish va real muloqotda qo‘llashga yo‘naltiradi. Natijada, ingliz tilida leksik kompetensiya chuqur, barqaror va erkin rivojlanadi
Fields of Study & Subjects
Second Language Acquisition and Learning
EFL/ESL Teaching and Learning
Foreign Language Teaching Methods
Publication details
- Journal / source
- Qo‘qon DPI Ilmiy xabarlar jurnali
- Volume
- 8
- Issue
- 01
- Pages
- 405–420
- Publication date
- 16 February 2026
- Language
- UZ