SHAYX MUHAMMAD SODIQ MUHAMMAD YUSUF ASARLARIDA NIKOH VA OILA MASALALARINING YORITILISHI

Read full text
Authors: Palvannazirova Yulduz Hasanboy qizi
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Baxtiyor oila”, “Nikoh, taloq va idda”, “Keksalarni eʼzozlash”, “Ijtimoiy odoblar” va “Sogʻlom bola” asarlari asosida o‘zbek xalqining oilaviy tarbiya an’analari va ularning pedagogik jihatlari tahlil qilinadi. Maqolaning kirish qismida oilaning ijtimoiy institut sifatidagi muqaddas o‘rni, nikohning inson hayotidagi ahamiyati, er-xotin munosabatlari, ota-ona va farzandlar mas’uliyati hamda keksalarni e’zozlash kabi masalalar yoritiladi. Shuningdek, maqolaning metodlar qismida “oila” va “nikoh” masalalariga oid adabiyotlari tahlil qilingan. Muhokama qismida esa muallif asarlarida aks ettirilgan oilaviy tarbiya tamoyillari va yoshlarni ma’naviy -axloqiy jihatdan shakllantirishga qaratilgan pedagogik yondashuvlar tahlil qilinadi. Maqola oilaviy munosabatlarni mustahkamlash va farzand tarbiyasida Shayxning qarashlarining dolzarbligini ko‘rsat ishga qaratilgan bo‘lib, ushbu asarların zamonaviy pedagogikada qo‘llanilishi imkoniyatlarini o‘rganadi.

Fields of Study & Subjects

Values and Moral Education Folklore Mythology and Literature Studies Education and Character Development

Publication details

Journal / source
Qo‘qon DPI Ilmiy xabarlar jurnali
Volume
8
Issue
01
Pages
476–481
Publication date
16 February 2026
Language
UZ