“RAQAMLI O‘ZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI DOIRASIDA BUXGALTERIYA HISOBINI RAQAMLASHTIRISH.

Read full text
Authors: Ro’ziboyev Zoirjon Toxirovich
Cited by: 0

Abstract

Mazkur ma’ruzada O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va iqtisodiyotning barcha sohalarini modernizatsiya qilish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar muhokama qilinadi. Xususan, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mamlakatni raqamli iqtisodiyotga bosqichma-bosqich o‘tkazish, davlat boshqaruvi, moliya, soliq tizimi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa muhim sohalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishni maqsad qilib belgilaydi. Mazkur strategiyaning asosiy maqsadlaridan biri – buhgalteriya hisobi sohasida raqamli transformatsiyani amalga oshirish, ya’ni an’anaviy buhgalteriya tizimini zamonaviy elektron platformalar, dasturiy ta’minot vositalari va bulutli hisob-kitob tizimlariga o‘tkazishdir. Bu esa hisobotlik jarayonlarini tezlashtirish, ma’lumotlar xavfsizligini oshirish, inson omilidan kelib chiqadigan xatoliklarni kamaytirish va moliyaviy axborotlarni real vaqt rejimida boshqarish imkonini yaratadi. Ma’ruzada shuningdek, raqamli buhgalteriya tizimlarining afzalliklari, jumladan, moliyaviy axborotni tezkor tahlil qilish, audit jarayonlarini soddalashtirish, soliq organlari bilan elektron aloqani yo‘lga qo‘yish va kompaniyalar faoliyatini shaffoflashtirish kabi jihatlar ham yoritilgan. Bundan tashqari, raqamlashtirish jarayonida yuzaga keladigan muammolar, masalan, kadrlar tayyorgarligi, dasturiy ta’minot mosligi, kiberxavfsizlik va ma’lumotlar maxfiyligini ta’minlash masalalari ham tahlil qilinadi. Mazkur ma’ruza O‘zbekiston iqtisodiyotining barcha sohalarida raqamli texnologiyalarni joriy etish, moliyaviy boshqaruvni samarali qilish va buhgalteriya hisobi sifatini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun mo‘ljallangan. Shu bois, ma’ruzadan davlat organlari xodimlari, buxgalterlar, moliya va audit sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari talabalari va ilmiy tadqiqotchilar foydalanishlari mumkin.

Fields of Study & Subjects

Education Innovation and Language Studies Economic and Industrial Development Sustainability and Innovation in Business

Publication details

Journal / source
Advances in Science and Sustainability
Volume
1
Issue
12
Pages
6–11
Publication date
5 January 2026