AMMONIYLASHGAN SUPERFOSFOSFAT ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARINI TAKOMILLASHTIRISH ORQALI MINERALLARDAN FOYDALANISH DARAJASINI OSHIRISHDA ERUVCHANLIK XUSUSIYATINI YAXSHILASH

Read full text
Authors: Otakuziyeva Vazira Usmonjonovna, Ismoilov Umid Isaqovich, Toshxujayev Shukurjon Shavkatjon o`g`li
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada ammoniylashgan superfosfat ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish orqali fosforli minerallardan foydalanish darajasini oshirish va mahsulot tarkibidagi fosfor birikmalarining eruvchanlik xususiyatlarini yaxshilash masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotda tabiiy fosfatlarni sulfat kislotali parchalash va ammoniylash bosqichlarining texnologik parametrlarining suvda eruvchan P₂O₅ miqdoriga ta’siri sistematik ravishda o‘rganilgan. Shuningdek, so‘nggi yillarda ishlab chiqilgan innovatsion yondashuvlar, jumladan, katalizatorlar qo‘llash, reaktorlarning energiya samaradorligini oshirish va raqamli boshqaruv tizimlarini joriy etish natijalari ham ko‘rib chiqilgan. Olingan natijalar fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahsulotning agroximiyaviy sifatini yaxshilash hamda ekologik va iqtisodiy jihatdan samarali texnologiyalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Tadqiqot ishida shuningdek, fosforli xomashyodan maksimal darajada foydalanish va o‘g‘itning eruvchanlik ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Fields of Study & Subjects

Phosphorus and nutrient management Agricultural Science and Fertilization Extraction and Separation Processes

Publication details

Journal / source
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENCE AND TECHNOLOGY
Volume
3
Issue
01
Pages
12–16
Publication date
20 January 2026