KOSMIK SURATLARNI DESHIFRLASH ORQALI ANIQLANGAN KOSMOSTRUKTURALARNING ENDOGEN MA’DANLASHUV JARAYONIDAGI AHAMIYATI
Abstract
Ushbu maqolada Bo‘kantov tog‘larining g‘arbiy va markaziy qismida kosmik suratlarni deshifrlash asosida aniqlangan kosmostrukturalarning endogen ma’danlashuv jarayonidagi o‘rni o‘rganilgan. Masofaviy zondlash ma’lumotlari, lineament tahlili, halqasimon strukturalarni aniqlash va raqamli fototahlil usullari orqali hududning strukturaviy-tektonik xususiyatlari aniqlanadi. Tadqiqot natijalari Bo‘kantov hududining bir nechta tektonik rejimlar almashinuvi ta’sirida shakllanganini, halqasimon strukturalar intruziv massalarning joylashuvi bilan bog‘liq ekanini va lineament zonalari endogen ma’danlashuvni boshqaruvchi asosiy tektonik elementlar sifatida namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi. Olingan ma’lumotlar mintaqa metallogeniyasini chuqurroq tushunish va foydali qazilmalar qidiruvida prognozlash ishlarini optimallashtirishga xizmat qiladi.
Fields of Study & Subjects
Geochemistry and Geologic Mapping
Geological Studies and Exploration
Geological Modeling and Analysis
Publication details
- Journal / source
- Innovatsion texnologiyalar
- Volume
- 60
- Issue
- 4
- Pages
- 23–32
- Publication date
- 14 January 2026
- Language
- UZ