KARYER BORTLARINING QAVARIQ SHAKLINI ANIQLASHDA KORRELYATSION TAHLILNING MATEMATIK MODELI

Read full text
Authors: Gʻulomjon Mirzogʻoliboʻgʻli Norov
Cited by: 0
References: 1

Abstract

Ushbu maqola qavariq shakldagi karyer bortlarini kompleks tahlil qilish asosida bortlarning eng xavfsiz trayektoriyasini aniqlashga bagʻishlangan. Eksperimental ma’lumotlar asosida bortlarning xilma-xil oʻlchamlari(balandlik va kengligi) boʻyicha ularning turli xil shakldagi trayektoriyasi aniqlangan. Ushbu trayektoriyalarni analitik ifodalash maqsadida eng kichik kvadratlar usuli qo‘llanilib, ular n-darajali algebraik funksiya yordamida approksimatsiya qilingan. Ushbu yondashuv eksperimental ma’lumotlar bilan matematik model o‘rtasidagi og‘ishlarni minimallashtirish(matematik modellashtirishda nazariy model bilan eksperimental ma’lumotlar o‘rtasidagi farqni eng kichik qilish) va real karyer borti profiliga maksimal darajada yaqin bo‘lgan egri chiziqni aniqlash imkonini beradi. Keyingi bosqichda hosil qilingan funksional bog‘lanishlar asosida korrelyatsion tahlil amalga oshirilib, karyer bortlari geometriyasi bilan ularning barqarorlik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi statistik bog‘liqlik darajasi baholandi. Natijada bort trayektoriyalarini n-darajali funksiya bilan yaqinlashtirishga asoslangan hamda korrelyatsion bog‘liqlikni hisobga oluvchi matematik model ishlab chiqildi. Ushbu model yordamida turli geometrik parametrlar uchun bortlarning eng barqaror va xavfsiz shaklini aniqlash imkoniyati yaratilgan. Shuningdek, ushbu model asosida karyer bortining barqarorligini ta’minlaydigan bir nechta muqobil geometrik shakllar yoki optimal konfiguratsiya tanlash mumkinligi ko‘rsatilgan.

Fields of Study & Subjects

Advanced Theoretical and Applied Studies in Material Sciences and Geometry Mathematical and Computational Methods Road Transport and Highway Systems

Publication details

Journal / source
Sanoatda raqamli texnologiyalar.
Volume
4
Issue
1
Publication date
13 March 2026
Language
UZ