QULCHO‘LOQ KONIDA POLIMETALL MA’DANLASHUVI JOYLASHISH QONUNIYATLARI VA PROGNOZ RESURSLARI

Read full text
Authors: Baxtishod Nuralio‘g‘li Mustafayev, Xabib Lutfullayevich Saidov, Mirali Kamalovich Turapov
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada Qulcho‘loq konida polimetall (qo‘rg‘oshin–rux) ma’danlashuvining karbonat formatsiyalarida joylashish qonuniyatlari hamda prognoz resurslarini baholash tamoyillari yoritiladi. Ma’danlanish yuqori famen davri karbonat yotqiziqlarida va qisman quyi karbon davri ohaktoshlarida kuzatiladi. Ma’dan tanalari asosan brekchiyalangan, kvarslashgan va skarnlashgan dolomitlarda to‘plangan bo‘lib, ularning shakllanishi zaif zonalar bo‘ylab gidrotermal eritmalarning aylanishi bilan bog‘liq. Organik moddalar bilan boyitilgan dolomitlar metall eritmalardan qo‘rg‘oshin va rux sulfidlarini cho‘ktiruvchi muhim omil sifatida qaraladi. Shuningdek, sulfatli jinslarning mavjudligi ma’dan komponentlarining singenetik konsentratsiyasi uchun qulay sharoitlarni ko‘rsatadi. Olingan natijalar konning istiqbol bloklarini ajratish va prognoz resurslarini aniqlashda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Fields of Study & Subjects

Geochemistry and Geochronology of Asian Mineral Deposits Geochemistry and Elemental Analysis Geological and Geochemical Analysis

Publication details

Journal / source
Sanoatda raqamli texnologiyalar.
Volume
4
Issue
1
Publication date
19 January 2026