KO‘P SONLI XATAR OMILLARINI ANDIJONNING KATTA YOSHDAGI QISHLOQ ASXOLISIDA ANIQLANISH CHASTOTALARINI EPIDEMIOLOGIK TAVSIFI
Summary
No summary yet. VIRAT can read this paper and write a plain-language summary of its aim, methods, key findings and limitations.
Summarise with VIRAT Free to try with your Science Catalogs account.Abstract
Asosiy surunkali yuqumsiz kasalliklar (yurak qon tomir kasalliklari, o‘sma kasalliklari, surunkali respirator kasalliklar) so‘ngi bir necha yillar davomida dunyo miqyosida keng tarqalgan kasalliklar qatorida turib, ular axoli orasida terapevtik kontinuumga olib keluvchi asosiy sababchi sifatida fan va amaliyotni yetakchi ob’ekti bo‘lib saqlanib qolmoqda. Shuning uchun hozirgi davrda preventiv va profilaktik tibbiyotni, xam nazariy va xam amaliy jihatdan eng avvalo asosiy yuqumsiz kasalliklarga nisbatan, ilmiy – ijodiy tafakkurlash dolzarb masala bo‘lib qolgan va zaruriyatga aylangan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra «,,,ulardan har yili o‘lim ko‘rsatkichi 71% ni tashkil etadi va iqtisodiy talofatlar yiliga 1 trln atrofida bo‘ladi...» Jahonda asosiy yuqumsiz kasalliklar kelib chiqishining xududiy xususiyatlari va ularni turli shakllarining profilaktikasi tadbirlarini yaratib takomillashtirishga qaratilgan epidemiologik ilmiy tadqiqotlarga aloxida e’tibor berilmoqda. Ayniqsa, asosiy yuqumsiz kasalliklarning rivojlanish xavfini «…epidemiologik markerlar» - xatar omillar asosida erta aniqlanish va bashoratlash usullarini joriy etish, turli xususiyatli axoli populyatsiyalarida, muhim vazifalardan biri sifatida belgilanmoqda. Shu bilan birga, yuqumsiz kasalliklarda epidemiologik – klinik jarayonlarni chin va ob’ektiv baholash, kasalliklarning xududiy kechish xamda «xatar omillarini to‘planish» xususiyatlarini xisobga olgan xolda bashoratlash algortim – modellarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar xam faol borilmoqda, jumladan, O‘zbekistonda xam,. Ammo tibbiyot fanining ulkan yutuqlari bo‘limiga qaramasdan asosiy yuqumsiz kasalliklarni profilaktikasining umumtan olingan metodologiyasi mavjud emas. G‘arb tibbiyoti hisoblaydiki, profilaktikaning natijasi (axoli salomatligi) 50% ga – hayot sharoiti va tarzi bilan, 20% ga – atrof muhit xolati bilan, 20% - ga – irsiy omillar bilan va 10% - ga – sog‘liqni saqlashni tashkil etish tizimi bilan bog‘liq bo‘ladi. Sharq tibbiyoti esa, profilaktikani natijasi 70% ga fikrlash usuli bilan, 20% ga – hayot tarzi bilan va 10% ga – ovqatlanish tarzi bilan bog‘liq bo‘lib ko‘rinadi deb xisoblaydi.
Fields of Study & Subjects
Global Health and Epidemiology
Healthcare Systems and Public Health
Cardiovascular Health and Risk Factors
Publication details
- Journal / source
- CyberLeninK (CyberLeninka)
- Publication date
- 1 January 2026