FAVQULODDA VAZIYATLARGA TAYYORLASHDA ISH BILAN BAND BO‘LMAGAN AHOLI TOIFALARI VA ULARNING IJTIMOIY DEMOGRAFIK XUSUSIYATLARINI O‘RGANISHNI AHAMIYATI
Summary
No summary yet. VIRAT can read this paper and write a plain-language summary of its aim, methods, key findings and limitations.
Summarise with VIRAT Free to try with your Science Catalogs account.Abstract
Maqolada O‘zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarda (FV) ish bilan band bo‘lmagan aholi toifalari va ularning ijtimoiy-demografik xususiyatlari tahlil qilinadi. Global miqyosda favqulodda vaziyatlar sonining ortishi va iqlim o‘zgarishi fonida aholi xavfsizligini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylanganligi qayd etiladi. Tadqiqotda Milliy statistika ma’lumotlari, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Pensiya jamg‘armasi hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar bo‘yicha rasmiy hisobotlar tahlil qilindi. Natijalarga ko‘ra, 2024-yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston ish bilan band bo‘lmagan aholisi, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslar va pensiya oluvchilar jami 10,864 mln. kishini tashkil etishi, bu umumiy aholi sonining taxminan 28–30% ini tashkil qilishi aniqlanadi. Tadqiqot shuningdek, hududiy farqlarni, ijtimoiy faollik, axborot texnologiyalari va jismoniy imkoniyatlardagi zaifliklarni aniqlab, favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikda maxsus yondashuv zarurligini ko‘rsatadi. Maqola ish bilan band bo‘lmagan aholining FVga tayyorgarlikdagi o‘rni va xavf ostidagi aholi toifalarini aniqlash hamda davlat siyosatini samarali shakllantirish uchun ilmiy-amaliy tavsiyalar beradi.
Fields of Study & Subjects
Disaster Management and Resilience
Socioeconomic and Demographic Analysis
Income
Poverty
and Inequality
Publication details
- Journal / source
- Экономика и социум
- Publication date
- 1 January 2026
- Language
- UZ