Jismoniy tarbiya darslarini ochiq havoda o‘tkazishda issiq iqlim sharoitining mashgʻulot o‘zlashtirish samaradorligiga ta’siri

Read full text Summarise with VIRAT
Authors: G‘ U. Berdiyev
Cited by: 0

Summary

No summary yet. VIRAT can read this paper and write a plain-language summary of its aim, methods, key findings and limitations.

Summarise with VIRAT Free to try with your Science Catalogs account.

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekistonning turli iqlim sharoitlariga ega hududlari — Termiz, Farg‘ona va Qoraqalpog‘iston Respublikasi (Nukus shahri)da ochiq havoda o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya darslari samaradorligiga iqlim omillarining ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot jarayonida 2023–2024 o‘quv yiliga oid meteorologik ko‘rsatkichlar (havo harorati, nisbiy namlik, yog‘ingarchilik miqdori, shamol tezligi, tuproq harorati) hamda 5–9-sinf o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarlik natijalari tahlil qilindi. Bahor va kuz fasllarida yuqori harorat ta’sirida o‘quvchilarda suvsizlanish, tez charchash hamda o‘quv jarayonini o‘zlashtirish darajasining pasayishi ehtimoli mavjudligi aniqlandi. Maqolada issiq iqlim sharoitida jismoniy tarbiya darslarini ertalabki yoki kechki salqin vaqtga rejalashtirish, sport kiyimini mavsumga mos tanlash hamda issiq urishining oldini olish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Fields of Study & Subjects

Physical Education and Training Studies Physical Education and Pedagogy Thermoregulation and physiological responses

Publication details

Journal / source
CyberLeninK (CyberLeninka)
Publication date
1 January 2026
Language
UZ